Ispaniya klublari UYeFA reytingida rekord darajadagi ballarni yig‘di

Sport 10:42 / 06.05.2016 4883

Ispaniya klublari UYeFA koeffitsiyentlar jadvalida bir mavsumda qo‘lga kiritgan ballari bo‘yicha yangi rekordni qayd etdi. 

Ispaniyaning ikki klubi Yevropa Ligasi yarim finalida ishtirok etdi. «Vilyarreal» mehmonda «Liverpul»ga imkoniyatni boy berib (0:3) musobaqani tark etgan bo‘lsa, «Sevilya» o‘z uyida «Shaxtyor»ni mag‘lubiyatga uchratib (3:1) final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Natijada Ispaniya koeffitsiyentlar javdalida yana muhim uch ochkoga (2 – g‘alaba uchun, 1 – final yo‘llanmasi uchun) va umumiy hisobda 0,429 ochko umumiy koeffitsiyent (to‘plangan ochko, yettiga – joriy mavsumda mamlakat sharafini yevrokuboklarda himoya qilgan jamoalar soniga bo‘linadi). Endi bu ko‘rsatkich 23,357 ballni (hozirgisi bilan qo‘shib hisoblaganda jami beshta mavsum hisob-kitoblari bo‘yicha) tashkil qildi. 

Oldingi rekord ham Ispaniya tomonidan 2013/14 mavsumda o‘rnatilgandi — 23,000 ball. O‘shanda ham Yevropa chempionlar Ligasi finalida «Real» va «Atletiko» o‘ynagan, Yevropa Ligasi finalida esa «Sevilya» g‘alaba qozongandi. 

Oldinroq, Ispaniya bir mavsumda umumiy koeffitsiyent ballari bo‘yicha rekordni yangilagandi. 2014/15 mavsumda mamlakat 88,025 ball to‘plagan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 105,142 ballni tashkil qilmoqda. 

Bu mavsumda «Real» va «Atletiko» YeChLning 28 may kuni o‘tkaziladigan finalida o‘ynaydi, «Barselona» turnirning chorak finalida ishtirok etdi. «Sevilya» Yevropa ligasi finalida «Liverpul»ga qarshi maydonga chiqadi. «Vilyarreal» turnirning yarimfinaligacha, «Atletik» chorak finalgacha, «Valensiya» esa nimchorak finalgacha yetib keldi.

Mavsum davomida ball jamg‘arish bo‘yicha ikkinchi ko‘rsatkich yettita jamoasi bilan yevrokuboklarda qatnashgan Germaniyaga (16,428) tegishli bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: