Xillari Klinton FQBga so‘roq qilingani chaqirtiriladi

Jahon 09:22 / 06.05.2016 4211

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton AQSh Davlat kotibi lavozimini egallaganda o‘z shaxsiy elektron pochtasidan xizmati bilan bog‘liq maqsadlarda foydalangani ishi bo‘yicha AQSh Federal qidiruvlar byurosiga so‘roq qilingani chaqirtiriladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, ushbu ish bo‘yicha tergov yakuniga yetmoqda va Klinton yaqin orada bu ish bo‘yicha so‘roq qilinadi. Klinton yordamchilarining FQBdan surishtirishiga ko‘ra, FQB Klinton tomonidan ataylab qonun buzilgani holatini aniqlamagan.

Avvalroq Guccifer taxallusi bilan ma'lum bo‘lgan ruminiyalik xaker Marsel Lexel Lazar 2013 yilda Klintonning pochtasini buzib kirganini ma'lum qilgandi.

Klinton AQSh Davlat kotibi bo‘lganda xizmat doirasidagi maktublarni qo‘shimcha himoyaga ega hukumatning maxsus elektron tizimi orqali yozishga ko‘rsatma beruvchi federal qonunni buzgan. Klinton bu tizimdan foydalanish o‘rniga o‘ziga tegishli serverda joylashgan shaxsiy elektron pochtasidan foydalangan.

Keyinroq ma'lum bo‘lishmcha, Klinton tomonidan qabul qilingan bir qator maktublar mutlaq maxfiy maktublar toifasiga tegishli bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: