Gretsiyaning Idomeni qishlog‘idagi qochqinlar lagerida birinchi to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. Suriyalik juftlik muhabbatlarini mustahkamlashdi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatdi.
Tantanali marosim palatkalarning birida o‘tkazilgan. To‘yni tashkillashtirishda lager xodimlari ko‘mak bergan. Ular kelin-kuyovga tort ham sovg‘a qilishgan.
Kuyovning aytishicha, u Germaniyada uylanib, yangi hayot boshlashga umid qilgan va Gretsiyada uylanish uning xayoliga kelmagandi.
Juftlik lagerda olti hafta davomida qolib ketgandan keyin ortiq kutmaslikka qaror qilgan.