Chilonzor tumanidagi xonadonlardan birini o‘marmoqchi bo‘lgan o‘g‘ri qo‘lga tushdi

Jamiyat 20:46 / 06.05.2016 5589

Toshkent shahar, Chilonzor tumanining 11-mavzesida Mirahmad  Mirzayev  (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) shu tumanda joylashgan xonadonlardan biriga o‘g‘rilikka tushib, u yerdan narxi 3000000 so‘mlik tilla bilaguzuk, 1500000 so‘mlik “Komlert” uzugi va ziragi, narxi 400000 so‘m va 879000 so‘mlik ikkita tilla uzuk, 750000 so‘mlik tilla sirg‘alarni olib, qopiga joyladi. Shuning bilan qanoatlanmasdan, shkafning yonida turgan javondan 1500000 so‘m naqd  pulni ham o‘g‘rilab, vaqtni qo‘ldan boy bermay, juftakni rostladi, — deb yozadi “Ogoh” gazetasi. 

Xonadon egalari uylariga qaytgach, u yerdagi tartibsizlikni ko‘rib, hayronu lol qolishdi. Ular darhol o‘g‘rilik jinoyati sodir bo‘lgani haqida ichki ishlar idorasiga xabar berdilar. Surishtiruv harakatlari boshlab yuborildi. Jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglandi. Rad etib bo‘lmas dalillar qarshisida qolgan Mirahadning aybiga iqror bo‘lishdan o‘zga chorasi qolmadi.

Ko‘proq yangiliklar: