5 may kuni Buyuk Britaniyada New Day gazetasining oxirgi soni nashr qilindi. Bu gazeta bor-yo‘g‘i 9 hafta davomida chop etilgan.
"Hayot qisqa, shuning uchun uni yaxshiroq o‘tkaz" shiori ostida nashr qilingan gazeta muassislarning ishonchini oqlamagan.
Har kunlik tiraji 200 ming nusxa bo‘lishi rejalashtirilgan gazeta amalda kuniga 40 ming nusxadan sotilgan.
New Day muharriri Elison Filipsning aytishicha, gazetaning moliyaviy jihatdan o‘zini ta'minlay olishi uchun barcha choralar qo‘llab ko‘rilgan ammo buning uddasidan chiqilmagan.
Shu yilning boshida Britaniyada boshqa bir gazeta, muassisi rossiyalik tadbirkor Aleksandr Lebedev bo‘lgan Independent gazetasining qog‘ozli versiyasi yopilishiga qaror qilingandi. The Independent’ga egalik qiluvchi ESI Media kompaniyasining ma'lum qilishicha, mart oyidan onlayn shaklga o‘tgan gazeta Buyuk Britaniyada to‘liq onlayn shakliga o‘tgan birinchi milliy nashr bo‘ldi.