Myanmaning nefrit koni joylashgan tumanlardan birida yuz bergan ko‘chki oqibatida 13 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 6 may kuni Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kon chiqindilaridan iborat ko‘chki 5 may kuni tunda Xpakant shahrida yuz bergan.
Tabiiy ofat ostida qolib ketgan insonlar soni qanchaligi hamon noma'lumligicha qolmoqda.
Bu Myanmada yuz berayotgan birinchi ana shunday holat emas. 2015 yilning 21 noyabr kuni ham Xpakantada yuz bergan ko‘chki natijasida 113 kishi halok bo‘lgan edi.