Antarktidada 1 tonnadan ortiq dinozavr qoldiqlari topildi

Jamiyat 10:02 / 06.05.2016 6739

Butun dunyodan yig‘ilgan olimlar guruhi Antarktida ekspeditsiyasi davomida 1 tonnadan ortiq dinozavr suyaklarini topib oldi. Bu haqda ABC News xabar tarqatdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, ustihon qoldiqlarining yoshi Yer yuzida dinozavrlar hayoti nihoyasiga yetgan davrga borib taqaladi. Qotib qolgan suyaklar taxminan 71 million yoshda. 

Qoldiqlari orasida ko‘plab suv jonzotlarining bo‘laklari topilgan. 
Ustihonlar avvaliga Chiliga, keyin AQShga yuborilgan. Endi ular Pensilvaniya shtati Karnegi Tabiiy tarix muzeyida o‘rganiladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: