Yamanning Marib shahridagi bozorda yuz bergan portlash tufayli kamida 7 kishi halok bo‘ldi

Jahon 17:57 / 06.05.2016 2565

Yamanning Marib shahridagi bozorda sodir etilgan terakt tufayli kamida 7 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Sky News Arabiya telekanali xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, terrorchi xudkush orqali amalga oshirilgan terakt tufayli o‘ndan ortiq kishi jarohatlangan.

Xabarda shaharning Yamanning boshqa bir shahri Al-Baydadagi bozorda ham terakt yuz bergani aytilgan. Ikkinchi terakt qurbonlari haqida ayni vaqtda aniq ma'lumotlar keltirilmagan.

Hozircha bu teraktlar uchun hech qaysi guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Yamanda 11 aprel kuni hukumat va isyonchi husiychilar o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha tuzilgan sulhga amal qilinishi boshlangan. 21 aprel kuni Al-Kuvaytda hukumat vakillari va isyonchilar delegatsiyasi o‘rtasida muzokaralar boshlangandi. Kuvayt poytaxtida muvofiqlashtirish va deeskalatsiya qo‘mitasi tashkil etilgan, unga ziddiyatning ikki tomonidan ham vakillar kirgan.

Bugungi teraktlar ushbu sulhga darz yetkazishi mumkin.

Yamanda bir tomonida sobiq prezident Abdulla Salohning tarafdorlari hamda shialar (husiychilar), ikkinchi tomonida mamlakatning amaldagi prezidenti Abd Rabbo boshliq sunniylar turgan tomonlar o‘rtasida nizolar 2014 yilning avgustida boshlangandi. Lekin 2015 yilning 26 martida qonuniy hukumatni qo‘llash maqsadida Yamanda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya harbiy amaliyotlar boshlagach vaziyat yanada murakkablashdi.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan vaqt ichida 6,4 ming kishi qurolli to‘qnashuvlar tufayli halok bo‘lgan va 30 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Ayni vaqtda mamlakat poytaxti Sano isyonchilar qo‘lida qolmoqda. Arab koalitsiyasi 2015 yilning aprelida mamlakat janubidagi port shahar Adandan isyonchilarni quvib chiqargach, bu shaharga Abd Rabbo hukumati joylashgan va shahar Yamanning vaqtinchalik poytaxtiga aylangan.

Ko‘proq yangiliklar: