Angliya futbol assotsiatsiyasi «Manchester Yunayted» va «Lester» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida jamoalar futbolchilari Robert Hut va Marvon Fellayni o‘rtasida kechgan janjalli vaziyat uchun ularga jazo tayinladi.
Germaniyalik va belgiyalik bu futbolchilar endi APL doirasidagi 3tadan uchrashuvni o‘tkazib yuborishadi. Kameralar Hutning Fellaynining sochlaridan tortgani, «Manchester Yunayted» futbolchisi esa bunga javoban tirsagi bilan unga zarba bergan.
Ikki futbolchi ham sportchiga xos bo‘lmagan harakatlarni amalga oshirishda ayblangan. Hut bu jazoga munosabat bildirgan va 3 o‘yindan chetlatish adolatsiz ekani haqida aytgan.
Qayd etish kerakki, APLning joriy mavsumi yakuniga 2ta tur qoldi va futbolchilar bu 2 tur o‘yinidan tashqari keyingi mavsumning birinchi uchrashuvini o‘tkazib yuborishadi.