Apple investitsiya fondi rahbari Tim Kukning iste'fosini talab qilmoqda

Fan-texnika 19:04 / 05.05.2016 5623

Seabreeze Partners Management xej fondi rahbari Dag Kass Apple bosh direktori Tim Kukning iste'fosini talab qilmoqda, deb xabar qilmoqda PhoneArena.

Kassning ta'kidlashicha, kompaniyani Tim Kuk boshqarar ekan, u hech qachon iPhone 6 muvaffaqiyatini takrorlamaydi. Uning aytishicha, kompaniya rahbariyati Stiv Jobsga o‘xshagan orzularga mukkasidan ketgan kishiga muhtoj.  Kassdan tashqari, tahlilchi Bob Lefseltts ham Tim Kukka qarshi fikr bildirdi. Uning ishonch bildirishicha, Apple’ga  «kelajakni ko‘ra oladigan va kompaniyani o‘z irodasiga bo‘ysindira oladigan» rahbar kerak.

«Tim Kuk o‘zi uddasidan chiqa oladigan, ya'ni ehtiyot qismlarini yetkazib berish va mehnat unumdorligini nazorat qilish vazifasiga qaytgani ma'qul. Biznesni boshqarish tarixida bugun yetakchi bo‘lgan kompaniya ertaga eng quyida bo‘lib qolgan hodisalar ko‘p uchraydi», — degan Lefseltts.

Apple kompaniyasi so‘nggi 13 yil ichida ilk marotaba chorak natijalari pasaygani xususida e'lon qilgan edi. Hisobotga ko‘ra, ikkinchi moliyaviy chorakda kompaniya daromadi 13 foizga kamayib, 50,6 mlrd. dollarga tushib ketgan. Bunday salbiy natija Apple’ning asosiy mahsuloti iPhone savdolarining pasayib ketishi bilan bog‘liq. Shu bois uning sof daromadi 22 foizga kamayib, 10,5 mlrd. dollarni tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: