Jizzaxda Ucell kompaniyasining yangilangan ofisi ochildi

Fan-texnika 17:44 / 04.05.2016 7792

2016 yilning 4 may kuni Jizzaxda abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangilangan ofis ochildi. Bu haqida Ucell kompaniyasi Press-ofisi xabar berdi.  Tantanali marosim operatorning  ko‘plab faxrli mehmonlari,  abonent va hamkorlari, OAV vakillari ishtirokida o‘tdi. 

Jizzaxdagi yangilangan ofisning ochilishi  kompaniyaning abonentlarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha doirasida amalga oshirildi.  Loyiha  kompaniya idoralarining intererini  zamonaviy dizaynda, ekologik materiallardan foydalangan holda nordik usulda bezash hamda xizmat ko‘rsatish standartlarini yanada takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Kompaniya top-menejyerining fikricha, servis xizmatini ko‘rsatishda mebel uslubi va qulayligidan tortib, xodimlarning professional bilim va ko‘nikmalarigacha – barchasi  muhim ahamiyat kasb etadi.  Kompaniya mijozi qanday mintaqada bo‘lishidan qat'iy nazar, u eng yaxshi xizmatga loyiq – mobil operatorning biznes falsafasi ham shundan iborat. Bugungi kunda Ucell kompaniyasi butun mamlakat, shu jumladan Jizzaxda joylashgan 23 ta idorasiga ega.

“Joriy yilda biz o‘z abonentlarimizni ko‘plab yangiliklar  bilan quvontirishga ulgurdik, - deya ta'kidladi Ucell kompaniyasi bosh direktori Tonu Gryunberg. – Ularning barchasi asosan bizning narx borasidagi takliflarimiz, qoplash hududini kengaytirish, aloqa sifatini yaxshilashga oid edi. Shunda qaramay, Ucell kompaniyasining ustuvor maqsadlaridan biri sifatli abonent servisi bo‘lgan va bo‘lib qoladi. Biz o‘z mijozlarimizni  butun O‘zbeksiton bo‘ylab joylashgan  shinam zamonaviy ofislarda kutib olib, ularga turli-tuman xizmatlarni taklif etishdan mamnunmiz”.

Yangilangan ofisda Ucell kompaniyasining barcha abonentlari uyali aloqa xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha shartnoma tuzishlari, qo‘shimcha xizmatlarni yoqtirishlari, hisob raqamlarini to‘ldirishlari, malakali mutaxasislarning  uyali aloqa va Ucell xizmatlariga oid  har qanday masalalar bo‘yicha maslahatlarini olishlari mumkin. Boshqacha aytganda, hech bir mijoz uni qiziqtirgan axborot yoki xizmatga ega bo‘lmay ofisdan ketmaydi.

Ucell kompaniyasi abonentlaridan biri Baxtiyor Jo‘rayev taassurotlari bialn o‘rtoqlashdi:  “ Men 7 yil mobaynida Ucell kompaniyasi xizmatlaridan foydalanaman. Bu kompaniya doim  rivojlanib borayotgani meni quvontiradi. Doimo turli aksiyalar o‘tkazadi, bonuslar beradi, mamlakat aholisi, bolalar uchun hayrli loyihalarni amalga oshiradi. Qolaversa, internetdan foydalanish imkoniyatlari kengaygani uchun ham Ucell abonenti bo‘lish menga yoqadi. Fursatdan foydalanib, Ucell kompaniyasiga yanada ravnaq topishini tilayman!”

Bugungi kunda Jizzax viloyatida 400 mingdan ortiq abonent Ucell kompaniyasi xizmatidan foydalanadi, ulardan 30% mobil internet foydalanuvchilaridir. Operatorning  yetakchiligi sababi aloqa sifatida,  hattoki olis qishloqlarda ham Ucell barqaror ishlab turibdi. 
An'anaga ko‘ra ofisning ochilish marosimida  bayram dasturi va “Ucellga ulan va sovg‘aga ega bo‘l” tanlovi doirasida kompaniya abonentlariga sovg‘alar taqdim qilindi. Bundan tashqari Jizzax ahli ko‘plab ijobiy taassurotlarga ega bo‘ldilar. 

Ucell kompaniyasi tarmoq infratuzilmasiga sarmoyalar kiritib, yangi antennalar o‘rnatib, qoplash hududini kengaytirishda davom etadi. Internetdan foydalanuvchi abonentlar soni tobora ortib bormoqda,  bu esa operatorning internet xizmatlari maqbulligi va sifatidan dalolat beradi. Abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ofislar tarmog‘i ham kengayib, sifat standartlarini O‘zbekistonning barcha joylariga yetkazmoqda.
Shuningdek Jizzaxda Ucell kompaniyasining 87 ta dilerlik shahobchasi va 8 ta mobil dileri faoliyat yuritmoqda. 

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: