Venesuelada mamlakatdagi eng xavfli jinoyatchilardan biri yo‘q qilindi

Jahon 07:37 / 04.05.2016 3608

Venesuela huquq-tartibot muassasalari qurolli to‘qnashuvda mamlakatda eng qidiriluvchi jinoyatchilardan biri va Aguti nomli xavfli jinoiy to‘daning yetakchisi Pikure (ispancha Aguti) laqabli Xose Antonio Tovar Kolinani yo‘q qilishdi. Bu haqda mamlakatning tashqi ishlar, adliya va tinchlik masalalari bo‘yicha vaziri Gustavo Gonsales Lopes ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

"Mamlakatni 3 may kuni kunduzi Guariko shtati, Melyado munitsipalitetidagi Bisentenario tumanida Aguti laqabi bilan ma'lum bo‘lgan Xose Antonio Tovar Kolina otib tashlanganidan xabardor qilmoqchimiz", deb aytdi Lopes.

Milliy bolivar gvardiyasi maxsus bo‘linmalarining operatsiyasi davomida Kolinadan tashqari to‘daning yana 3 nafar a'zosi yo‘q qilindi.

"Ayni vaqtda bu to‘da ishtirokchilarini taqib qilish davom etmoqda", deb qo‘shimcha qildi vazir.

Aguti guruhi bir necha o‘nlab jinoyatchini o‘z ichiga olib, u bosqinchilik, tovlamachilik, giyohvand moddalar kontrabandasi va savdosi, qotilliklar bilan shug‘ullanadi.

Jinoyatchilar bir necha marotaba politsiya bo‘limlariga hujumlar sodir etgan va bu hujumlar oqibatida o‘z qurol-aslaha arsenali u yerdagi avtomatik qurollar va hattoki granatomyotlar bilan boyitib olgan.

Ko‘proq yangiliklar: