AQShning Texas shtati, Keyti shahridagi ikki maktab ro‘parasida noma'lum shaxs o‘tochar quroldan o‘q uzib otishma keltirib chiqardi. Bu haqda NBC xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, bu hodisa tufayli 2 kishi halok bo‘lgan.
Guvohlar uzluksiz o‘t ochilgani haqida aytishgan. Hozircha bu hodisa tufayli necha kishi jarohatlangani haqida ma'lumot yo‘q.
Ayni vaqtda o‘t ochgan shaxsni qidirish ishlari olib borilmoqda.