«'»: Putin Shoyguning 2 o‘rinbosarini Suriyadagi harbiy harakatlar uchun Rossiya qahramoni unvoni bilan taqdirladi

Jahon 11:53 / 04.05.2016 28646

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoyguning o‘rinbosarlari, Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov hamda front rahbari Dmitriy Bulgakovni Rossiya Qahramoni unvoni bilan taqdirlash haqidagi farmoyishini imzoladi. Bu haqda xabar bergan «Kommersant'» nashrida aytilishicha, yanvar oyida o‘limi haqida ma'lum qilingan Bosh razvedka boshqarmasi direktori, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari o‘rinbosari general-polkovnik Igor Sergunga ham shu unvon berilgan

Manbaning yozishicha, ularni rasman taqdirlash marosimi 9 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Bungacha Suriyadagi harbiy kampaniyadagi ishtirok uchun 6 nafar harbiyga unvonlar berilgandi. Ular orasida Markaziy harbiy okrug shtabi boshlig‘i Aleksandr Dvornikov, harbiy razvedkachi Vadim Baykulov, katta shturman Viktor Romanov, aviatsiya eskadriliyasi boshlig‘i o‘rinbosari Andrey Dyachenko nomlari bor. Bundan tashqari, o‘limidan keyin Su-24M uchuvchisi Oleg Peshkov hamda mart oyida halok bo‘lgan katta leytenant Aleksandr Proxorenko mukofotlangan.

Ko‘proq yangiliklar: