Luka Toni: «Yuventus»ga qarshi o‘yin faoliyatimdagi oxirgisi bo‘lib qoladi»

Sport 18:32 / 04.05.2016 2141

«Verona» hujumchisi Luka Toni o‘z futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi. Uning bildirishicha, A Seriyaning 37-turida «Yuventus»ga qarshi kechadigan o‘yin faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lib qoladi.

«Yakshanba kungi bahs mening professional futbolchilik faoliyatimdagi oxirgisi bo‘lib qoladi.

Bu qarorga kelish juda og‘ir bo‘ldi. Lekin muxlislar bilan Veronadagi stadionda xayrlashaman.

Menda jamoa prezidenti bilan hech qanaqa kelishuv bo‘lmadi. Bizning shartnomamiz shu mavsum oxirigacha tuzilgandi. Agar mening g‘oyalarim jamoa g‘oyalari bilan mutanosib kelsa, men shu yerda ishlashda davom etishdan xursand bo‘lardim», – degan Toni.

Ayni vaqtda 39 yoshga chiqqan Toni turli yillarda «Palermo», «Fiorentina», «Bavariya», «Roma» va «Yuventus» jamoalari safida to‘p surgan.

Toni Italiya terma jamoasi safida 2006 yilda jahon chempioni bo‘lgan. Shu yilda «Bavariya»da Germaniya chempionligi va mamlakat kubogi g‘olibligiga erishgan.

U Italiya chempionatida ikki marta mavsum to‘purari bo‘lgan (2005/06 – 31 gol, 2014/15 – 22tadan gol, Mauro Ikardi bilan birga) va «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritgan.

Ko‘proq yangiliklar: