Hyundai kompaniyasi ruldagi sensor klavishlarni patentladi

Fan-texnika 20:44 / 04.05.2016 4088

Hyundai kompaniyasi AQShda rul boshqaruvi uchun shaxsiy sensor klavishlar variantini patentladi. Koreya rusumidagi rul qo‘lqoplarda bosilganda ham seza oladi, shuningdek rulda kichik displeyning o‘rnatilishini ko‘zda tutadi. 

Hyundai rul uchun sensor klavishlar versiyasini Koreyada 2014 yilda patentlagan. Qurilma ikkita tachpad, displey, boshqaruv bloki va eslab qoluvchi qurilmadan iborat. O‘ziga xos xususiyatlaridan biri aniq bo‘lmagan bosishlarni aniqlashtiruvchi maxsus filtrning borligidadir. 

Bunday texnologiya yangi avlod Mercedes-Benz E-Class, Toyota Prius va Honda Civic avtomobillarida qo‘llanilgan. Sensor klavishlar rulda shunday joylashtirilganki, haydovchi ularni bosh barmoq bilan bemalol bosa oladi. Ular multimedia tizimini tepa-pastga bosish imkonini beradi. 

2016 yilning martida Hyundai kompaniyasi AQShda mashinalar uchun yangi eshik turini patentladi. U orqa eshikning ikki xil turini o‘zida mujassam etgan.

2015 yilning martida esa kompaniya avtomobil egasi rul boshqarayotgan paytda telefonni o‘chirib qo‘yuvchi va qator funksiyalarini chegaralovchi texnologiyani patentlagan. Mazkur tizim haydovchini chalg‘itmasdan, yo‘l harakatlaridagi xavfsizligini ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: