Xitoy hukumati Baidu Inc. Internet-giganti faoliyatini tekshirishni boshladi. Bu yosh yigit klinikalardan birida saraton xastaligidan davolanish vaqtida vafot etgan. Klinika reklamasini esa u aynan shu qidiruv tarmog‘ida ko‘rgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Kibermakon bo‘yicha Xitoy ma'muriyati Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi va boshqa agentliklar “Vey Zeks mojarosi”ni tergov qilish uchun bilan kuchlarini birlashtirishni reja qilgan.
Janob Veyning o‘limi keng internet foydalanuvchilarining e'tiborini jalb etgan.
Vey saratonning kam uchraydigan turi – bo‘g‘inlar atrofidagi to‘qimaga ta'sir etuvchi sinovial sarkomadan aziyat chekkan. Radiatsion va kimyoterapiyalaridan so‘ng uning ota-onasi ushbu terapiyalarning o‘rnini bosa oluvchi davo usulini qidirishgan. Baidu orqali ular Pekin gospitalini topadi. U yerda davolanish samara bermaydi.
Endi Baidu “foydalanuvchilarga ishonchli va xavfsiz qidiruvni ta'minlash” g‘oyalari asosida tekshiriladi, shuningdek, unga onlayn yolg‘on ma'lumotlar berish yoki noqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik shartlari qo‘yiladi.