"Folksvagen" talabalari 400 ot kuchiga ega Golf yaratishdi

Fan-texnika 23:19 / 04.05.2016 4099

"Folksvagen" kompaniyasi stajyorlari har yili kompaniyaning avtomobillari muxlislari tashrif buyuradigan Wörthersee festivaliga Golf GTI xot-xetchining noyob modifikatsiyasi – Heartbeat’ni tayyorlashdi. 400 ot kuchiga ega dvigatelli avtomobilni yaratish loyihasi ustida 9 oy davomida 20-26 yoshdagi 12 talaba ish olib bordi.

Loyiha "Folksvagen" stajyorlari tomonidan Golf GTI modelining 40 yilligi munosabati bilan yaratildi. Uning negizi sifatida xot-xetchning 3 eshikli modifikatsiyasi olindi. Mashina kumushrang metall rangga bo‘yaldi va qisman  qoramtir-kulrang plyonka yopishtirib chiqildi. 

Kuzovga yacheykalar ko‘rinishidagi nakleykalar tushirildi, qizil tuslar berildi, 20 dyuymli BBS alyuminiy g‘ildirak disklari va kuzovning qora yaltiroq rangda ishlangan qo‘shimcha osma detallari o‘rnatildi.

Mashina salonida treklar uchun mo‘ljallangan Golf GTI Clubsport S’ning sport o‘rindiqlari paydo bo‘ldi, uning tirsak qo‘ygichlarida "40" raqami tikib chiqilgan. Shuningdek, salonda orqa o‘rindiqlar o‘rniga va yukxonada o‘rnatilgan 7 dinamikli va LED-yorug‘lanishli 1360 vattli audiotizim o‘rnatildi.

Bundan tashqari, festivalda kompaniya xot-xetchning trek versiyasi  Golf GTI Clubsport’ni namoyish qiladi, bu mashina Nyurburgringdagi poyga trassasida oldi privodli mashinalar orasida yangi tezlik rekordini o‘rnatdi. Bunday mashina 310 ot kuchiga ega motor bilan jihozlangan va 100 km/tezlikka 5,8 soniyada erishishi mumkin. Ushbu model 400 donalik tiraj bilan ishlab chiqariladi.

Ko‘proq yangiliklar: