Finlyandiyalik 10 yoshli bola Instagram ijtimoiy tarmog‘ining zaif joyini topdi. Bu kamchilik istalgan foydalanuvchiga izohlarni o‘chirishga imkon bergan, deb xabar bermoqda Venture Beat.
Yani ismli bola o‘zi topgan xato haqida Facebook ma'muriyatiga elektron maktub yo‘llagan, shundan keyin ijtimoiy tarmoq unga bu jonbozligi uchun 10 ming dollar miqdorida pul mukofoti to‘lashga qaror qildi.
Ushbu xabar dastlab fin OAVida paydo bo‘ldi, keyinroq bu ma'lumotni Facebook xodimi tasdiqladi.
Bola kelajakda internet-biznes bilan shug‘ullanishni istashini aytgan. U o‘zining mukofot pulini yangi velosiped, futbol kiyimi va o‘z akalari uchun yangi kompyuterlar xarid qilish uchun ishlatishini ma'lum qildi.
Shu tariqa, Yani kompaniya topilgan xatolik uchun pul to‘lagan ijtimoiy tarmoqlarning eng yosh foydalanuvchisi bo‘ldi.