Eron va Koreya respublikasi kompaniyalari jami qiymati 10 mlrd dollarlik yettita bitimni imzolashgan. Bu haqda, "Fors" axborot agentligiga tayangan holda TASS xabar qilmoqda.
"Eronning "Tavanir" va Janubiy Koreyaning «KEPCO» kompaniyalari umumiy miqdori 10 mlrd dollarlik 7ta kelishuvni imzolashdi", – deyiladi xabarnomada.
Eron energetika vaziri o‘rinbosari Xushang Fallaxianning so‘zlariga ko‘ra, «KEPCO» Eronda elektr energiyasini uzatishda energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda elektr uzatish tarmoqlarini barpo etish barobarida Eron tomoni bilan shu sohada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi.