Dunyodagi eng kichik dvigatel yaratildi

Fan-texnika 12:04 / 04.05.2016 6600

Kembrij universiteti olimlari dunyodagi eng kichik dvigatelni yaratishdi. Ularning aytishicha, bu dvigatelni nanorobotlarda, jumladan tibbiyot maqsadlarida inson tanasiga kiritiladiganlarida qo‘llash mumkin bo‘ladi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.  

Dvigatelning yaratilgan prototipi "harakatga keltiruvchi nanoo‘zgartirgich" deb nom oldi va u vazn birligiga istalgan zamonaviy motor yoki mushakdan 10 barobar ko‘proq harakatlantiruvchi kuchni ishlab chiqaradi.

"Odamlar ancha yildan beri nanorobotlar paydo bo‘lishi haqida gapirib keladilar, biroq ular hanuzgacha mavjud emas. Nimaga? Shungaki, ayni vaqtgacha ularni suyuq muhitda harakatlanishga majbur qilishning usuli yo‘q edi. Bu xuddi qiyom orqali suzishga o‘xshaydi, biroq nano o‘lchamda, chunki molekulalar o‘rtasidagi tortishi kuchi juda yuqori", deb aytdi olimlardan biri Jyeremi Bomberg.

Olimlar yaratgan dvigatelda diametri 0,06 mikronga teng oltin nanozarrachalari bo‘lib, bu o‘lcham inson sochi enining taxminan mingdan biriga teng.

Ba zarrachalar gelsimon polimer pNIPAM’ga ega suvga joylashtirilgan. Harorat Tselsiy bo‘yicha 32 gradusdan yuqoriroqqa yetganda, oltin zarrachalar polimer bilan molekulalararo tortishish yordamida zich yopishadilar. Harorat 32 gradusdan tushganda, polimer suvni keskin tortib olib, kengayadi, oltin zarrachalar esa prujina kabi bir-biridan itariladi. 

Ayni vaqtda haroratni nazorat qilish uchun lazerlar ishlatilmoqda, biroq ularni boshqa asboblar bilan almashtirish mumkin. O‘tish harorati (32 gradus) ham o‘zgartirilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: