Braziliya bosh prokurori Rodrigo Jano mamlakatning amaldagi prezidenti Dilma Russef faoliyatiga qarshi tergov boshlash niyatida Federal oliy sudga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Globo telekanali.
Russef Petrobras davlat neft-gaz kompaniyasidagi korruptsion jinoyatlarni tergov qilishga to‘sqinlik qilayotganlikda gumonlanmoqda.
Prezidentning o‘zi unga qarshi o‘tkazilayotgan impichment davlat to‘ntaruvining barcha alomatlariga ega ekanligini aytgan. Bungacha Russef shtabi boshlig‘i lavozimiga davlat strukturalarida korrupsiya bo‘yicha ishda ayblov qo‘yilgan mamlakatning sobiq prezidenti Inasiu Lula da Silva tayinlangandi.
Braziliyaning bir necha million aholisi Russefning iste'foga ketishini talab qilib mart oyida ko‘chalarga chiqqandi. O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholi hukumatning ishiga "yomon" yoki "dahshatli" deb baho bergan.