Bavariya maktab dasturiga Gitler kitobi kiritilishi mumkin

Jamiyat 12:13 / 04.05.2016 6018

Bavariya parlamenti Adolf Gitlerning “Mening jangim” (Mein Kampf) kitobini maktab dasturiga kiritish masalasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Majlisda deputatlar “Mayn kamft”ni zamonaviy tarixchilarning annotatsiyalari bilan ta'lim dasturiga kiritish va agar kiritilsa, o‘qituvchilar kitob haqida qanday o‘rgatishlari lozimligi to‘g‘risida muhokama qildi. 

Kitobni dasturga kiritish tarafdorlari asar haqida tarixiy jarayonning muhim bir qismi ekani hamda yoshlarni milliy-sotsializm g‘oyalariga “immunizatsiyalash” zaruratini uqtirishga urinishdi. 

Yahudiylar jamoasi vakillari esa kitob hech qanday foydali bilimlar berolmasligi, u faqatgina nafratdan iboratligini tushuntirishdi. 

 “Mayn kamft” mualliflik huquqi 70 yildan buyon Bavariya federal hududiga tegishli bo‘lib kelgan. Uni chop etish va sotish taqiqlangan edi. Biroq egalik huquqi muddati o‘tgach, 2016 yil yanvardan boshlab kitob yana do‘kon tokchalarida paydo bo‘ldi va darrov bestsellerga aylandi. 2 ming sahifalik kitobga 3700 ta izoh kiritilgan. 

Ko‘pchilik bavariyaliklar kitobni qayta chop etish to‘g‘ri mafkuraga bo‘lgan qiziqishni susaytirib qo‘yishi va kitobga berilgan zamonaviy izohlar o‘quvchini Gitler ideyalarining noto‘g‘riligiga ishontira olmasligidan xavfsiramoqda.

Ko‘proq yangiliklar: