Yaponiyaning Kyusyu oroli g‘arbida 14 apreldan shu kungacha inson tomonidan seziluvchi ketma-ket 1190 tadan ko‘proq zilzila qayd etildi. 4 may mahalliy vaqt bilan soat 06:00da orolda magnitudasi 1 balldan yuqori bo‘lgan 6 ta zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda seysmik xizmat vazifasini bajaruvchi Yaponiya meteorologik boshqarmasi.
Zilzilalar faolligining eng avj olgan vaqti 15-17 aprelga to‘g‘ri keldi, shu davrda har kuni 100 dan ortiq zilzila yuz bergan. 14 va 16 aprelda 7 magnitudadan yuqoriroq bo‘lgan ikkita zilzila yuz berdi. 16 mingga yaqin inshoot butkul yoki qisman vayron bo‘lgan. 30 mingdan ortiq odam o‘z uylariga qaytishdan qo‘rqib, evakuatsiya markazlarida qolmoqda. Bu markazlarning katta qismi maktablarda tashkil qilingan, buning oqibatida 10 minglab bolalar maktabga qayta olmayaptilar.
Zilzilalar oqibatida 49 kishi halok bo‘ldi, bir kishi bedarak yo‘qolgan. 200 dan ortiq odam jarohatlar bilan shifoxonaga yotqazilgan. Bundan tashqari, 17 kishi evakuatsiya markazlarida tushkunlik va zilzila oqibatida avj olgan kaasalliklardan vafot etdi.
Orolda 4 may kuni yuz bergan zilzilalar oqibatida bir qator temir yo‘l orqali qatnov to‘xtatildi, bir nechta avtomobil trassasi yopib qo‘yildi.