Amerika hukumati Rossiya fuqarosi Igor Zyazinning hayotdan ko‘z yumgani to‘g‘risidagi xabarni 3 may kuni tasdiqlagan. U shu yilning aprel oyida Meksikadan AQShga qonuniy asosda o‘tmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan edi. Bu haqda TASS agentligiga Amerikaning San-Diyego immigratsiya va bojxona xizmati vakili Louren Mak ma'lum qilgan.
Mazkur noxushlik xususida e'lon qilingan rasmiy bayonotda quyidagilar haqida so‘z yuritilgan: "Zyazin 24 aprel kuni San-Isidro nazorat-o‘tkazish nuqtasidan AQShga kirmoqchi bo‘lganida immigratsiya va bojxona xizmati ixtiyoriga topshirilgan va hibsda saqlangan. Zyazin chegara va bojxona nazorati xodimlariga Rossiya pasportini ko‘rsatganidan so‘ng, u 2009 yilda mamlakatdan chiqarib yuborilgani aniqlangan". Uning AQShga qonuniy asosda yoki noqonuniy kirishga uringani xabar qilinmayapti.
Louren Makning izoh berishicha, "Amerikaga noqonuniy kirib kelmoqchi bo‘lganlar avtomobillarga yashirinishlari mumkin, turli aylanma yo‘llardan foydalanishlari ko‘p uchraydi". 46 yoshli Zyazin bilan bo‘lgan voqea umuman boshqachadir, deb tushuntirgan Mak xonim. "U mamlakatga qonuniy asosda kirishga uringan, u chegara xodimlariga o‘z maqsadini aniq bildirgan va yashirincha kirishga urinmagan".
Bayonotda 2009 yilda Zyazin qaysi mamlakatga deportatsiya qilinganiga oydinlik kiritilmagan. Bu borada Louren Makning tushuntirishicha, Amerika tomoni Rossiya fuqarosini Meksikaga deportatsiya qilmaganligi aniq. Bu qoidaga ham ziddir. Ammo uning Meksikaga chiqarib yuborilgani ajablanarlidir".
Xabarlarga qaraganda, Zyazin hibsda saqlangan vaqtda "fuqarolik va immigratsiya masalalari xizmati vakili bilan uchrashuvni kutgan". Bundan tashqari, "ma'lumotlar bazasi tekshirilganda Rossiya fuqarosi AQShda sudlamagani aniqlangan".
Zyazin yakshanba 1 may kuni San-Diyegodagi hibsxonada hayotdan ko‘z yumgan. Muassasa va favqulodda xizmatlar vakillari tez yordam ko‘rsatishlariga qaramay, uning jonini saqlab qola olishmagan. Endilikda Zyazinning o‘limiga nima sabab bo‘lganiga patalogoanatomlar tekshiruvidan so‘ng aniqlik kiritiladi.