Eron xorijiy investitsiyalar va texnologiyalar vositasida 4-5 yil ichida texnologik sakrashni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Eron Islom respublikasi prezidenti Xasan Ruhoniy mamlakatining texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish istiqbollarini shunday baholamoqda. U, 29-Tehron xalqaro kitob yarmarkasidagi kirish so‘zida shunday fikrlarni bildirib o‘tgan.
"Ayrimlarning ta'kidlaricha, biz xorijiy investitsiya va texnologiyalarsiz ham iqtisodyotimizni rivojlantirishda yaxshi natijalarga erisha olamiz. Ha, shunday. Ammo, buning uchun 40-50 yil talab etiladi, agar ko‘p bo‘lmasa. Dunyoning 6 yetakchi davlatlarining Tehron bilan erishilgan yadro kelishuvi hayotga tatbiq etilishi sabab paydo bo‘lgan imkoniyatlar yangi texnologiyalardan bugunoq foydalanishga va 4-5 yilda texnologik sakrashni amalga oshirishga sharoit yaratadi. Shunday ekan, Eron xalqi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishiga shubha qilmayman", - deb qayd etgan Eron ijroiya hokimiyati rahbari.
Shu bilan bir vaqtda, Xasan Ruhoniyning aytishicha, rasmiy Tehronning yadro dasturi munosabati bilan joriy qilingan va mamlakat iqtisodiyotining ayrim sohalari uchun juda ham og‘riqli bo‘lgan sanksiyalarning bekor qilinishiga olib kelgan yadroviy kelishuv, Keng qamrovli harakatlar qo‘shma rejasi "nafaqat Eron manfaatlariga balki dunyoning barcha xalqlari manfaatlariga birdek javob beradi".
"Bugungi kunda, G‘arb yoki Osiyodan kelayotgan rasmiy delegatsiyalar o‘nlab kelishuvlarni taklif qilishmoqda. Aslida, Eron uchun yangi madaniy va iqtisodiy mintaqalarni barpo etish jarayoni ketmoqda", - deb qo‘shimcha qilgan Eron yetakchisi.