Argentina Panama va Bahamadan mamlakat prezidenti Maurisio Makriga tegishliligi ehtimoli bo‘lgan ofshor firmalar to‘g‘risida ma'lumot berishini so‘radi. Bu haqda La Nacion xabar berdi.
Nashr xabariga ko‘ra, “Panama hujjatlari”da Panama hamda Bahama orollarida go‘yo Makri bilan aloqador bo‘lgan ikkita ofshor kompaniya to‘g‘risida yozilgan. Argentina prezidenti Bahamaning Fleg Trading Ltd kompaniyasi direktori va vitse-prezidenti sifatida keltiriladi. Bundan tashqari, kompaniya xo‘jayinlari qatorida uning akasi va otasi ham tilga olingan.
Federal sudya Sebastyan Kasaneylo kompaniya rahbarlari, shuningdek, Makri Panama va Bahama orollarida hisob raqamlari ochgan-ochmaganligi haqida ma'lumot taqdim etishni so‘radi.