Britaniyalik minglab ota-onalar o‘z bolalariga kelgusi seshanbada, 10 may kuni darslarga bormasliklariga ruxsat beradi.
Shu yo‘l orqali oila kattalari ta'lim tizimidagi haddan ziyod talabchanligiga qarshi o‘z noroziliklarini ifodalashni maqsad qilgan.
Let our kids be kids (“Bolalarimizga bolalik bering”) harakati faollari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari haddan ziyod qiyin vazifalar yuklatilayotgani yuzasidan norozilik bildirishdi. Ota-onalarning taxminiga ko‘ra, bu holat boshlang‘ich maktab yangi ta'lim dasturini to‘ldiruvchi SAT standartlashtirilgan testlarining kiritilishi bilan bog‘liq.
Yangi dastur kabi testlar ham bolalar avval o‘rgangan dastur darajasidan qiyinroq bo‘lib chiqdi. Faollarning fikriga ko‘ra, bu o‘quvchilarga ortiqcha ruhiy ta'sir o‘tkazadi.
Ta'lim vaziri Niki Morganga yozilgan maktubda ota-onalar assotsiatsiyasi standartlashtirilgan testlarni butunlay bekor qilishni talab qildi.
SAT (Scholastic Assessment Test, “maktab baholash testi”) 1901 yildan buyon o‘tkaziladi. Hozirgi paytda uni tashkil etish bilan College Board tashkiloti shug‘ullanadi. Imtihon 3 soat 45 daqiqa vaqt davomida o‘tkaziladi va uch qismdan iborat. Test yakuni bo‘yicha grammatika va matematika bilimlari baholanadi hamda matnni tahlil qilish qobiliyati sinaladi.