Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Iyod bin Amin Madaniy 2016 yil 30 apreldan 3 maygacha rasmiy tashrif bilan Qirg‘iz respublikasida bo‘lib turibdi. Mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev 2 may kuni Bosh kotib bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Ikki tomonlama muloqot chog‘ida, Islom hamkorlik tashkiloti doirasida o‘zaro munosabatlarga oid masalalar, shuningdek mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash hamda zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashda asosiy yo‘nalishlar xususida fikr almashilgan.
Iyod bin Amin Madaniy ushbu tashrifi doirasida Qirg‘iziston parlamenti spikeri Ch.Tursunbekov, bosh vaziri S.Jeenbekov va tashqi ishlar vaziri E.Abdildayev bilan ham muzokaralar o‘tkazadi.