3 may kunining ikkinchi yarmida Xitoyning yirik shaharlaridan biri bo‘lmish Nankin shahridagi "Lunshen" nomli osmono‘par binoda kuchli yong‘in boshlandi.
Yong‘in tasvirlarida 26 qavatli binoning tashqi tomoni alanga bilan qoplanganini ko‘rish mumkin.
Sina portalining ma'lum qilishicha, ayni vaqtga kelib yong‘in bartaraf etilgan. Hodisa natijasida qurbon bo‘lganlar yo‘qligi aytilgan.
Ma'lum qilinishicha, yong‘in binoning 6-qavatida ventilyatsiya tizimidagi nosozlik tufayli kelib chiqqan. Kuchli shamol tufayli alanga tez tarqalgan va 23-qavatgacha yetib borgan. Yong‘inni o‘chirish uchun turli tumanlardan ko‘plab guruhlar yetib kelgan.
Ayni vaqtda bino ichida yong‘indan keyingi tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.