O‘zbekiston Badiiy akademiyasida “Ko‘zmunchoq” deb nomlangan rasmlar tanlovi va ko‘rgazmasi o‘tkazildi

Jamiyat 20:51 / 02.05.2016 5727

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida Respublika ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internati o‘quvchilarining “Ko‘zmunchoq” deb nomlangan  rasmlar tanlovi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Sog‘lom ona va bola yiliga bag‘ishlab o‘tkazilgan bu galgi ko‘rgazmada mazkur ta'lim dargohidagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ikki yuzga yaqin ishi namoyish etildi. Grafika, suv-bo‘yoq kabi yo‘nalishlarda ishlangan suratlarda jajji qalb egalarining beg‘ubor tuyg‘ulari, ulkan iste'dod uchqunlari aks etgan.

Tanlovda turli nominatsiyalar bo‘yicha Roziyabonu Isroilova, Abdulatif Normuhammedov,  Madina Nosirxonova g‘olib deb topildi. G‘oliblarga diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: