Turkiyaning Diyorbakir viloyatidagi Dijla shahri jandarmeriyasi binosida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 10 nafar harbiy jarohat oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Voqea joyida tergovchilar ish olib bormoqda. Voqea sabablari va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Hozircha hech qaysi bir guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Biroq xavfsizlik xizmatidagi manbaning aytishicha, portlashni amalga oshirishda "Kurdiston ishchi partiyasi" gumon qilinmoqda.
Bu Turkiyada 1 mayda sodir etilgan ikkinchi terakt bo‘ldi. 1 may ertalab G‘aziantepda politsiya bo‘limi yaqinida minalashtirilgan avtomobil portlatilgan va undan keyin jangarilar otishma boshlagan. Bu terakt oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 9 kishi yaralandi.