Trapattoni: «Ba'zi jamoalar 1,5 soat to‘p yumalatib yurishadi. Bundan «Atletiko»ning uslubi ming marta yaxshi»

Sport 22:41 / 02.05.2016 3999

«Bavariya» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Jovanni Trapattoni «Atletiko» va Diyego Simeone nomiga maqtovli so‘zlar aytib o‘tdi.

«Menga Simeone yoqadi. O‘ylaymanki, uning xarakteri menikidek desam Diyego xafa bo‘lmaydi. Mening jamoalarimda ham uniki kabi falsafa bo‘ladi.

Aniq nomlarni aytmoqchi emasman, ammo hozir ba'zi jamoalar 90 daqiqa davomida to‘pni olib yurishadi va darvozaga bironta zarba berishmaydi. Unday jamoalarning o‘yini uyqumni keltiradi.

Simeonening uslubi unday jamoalarnikidan ming marta yaxshi. Agar jamoa intensiv o‘yin ko‘rsatsa, muxlislar uchun haqiqiy spektakl bo‘ladi. «Atletiko»ni yomon o‘ynaydi deganlar – yolg‘onchilardir», – deydi italiyalik murabbiy.

Ko‘proq yangiliklar: