30 aprel va 7 may kunlari Portugaliyaning Funchal shahrida suzish bo‘yicha Yevropa Ochiq chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan sportchilar musobaqaning ilk kunlaridayoq Jahon va Osiyo rekordlarini yangiladilar.
Bular Odilova Muslima 100 metrga batterflay uslubida 1:04.98 natija bilan (2015 yil Buyuk Britaniyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada amerikalik sportchi Mayyers Rebeka 01:05.03 vaqt bilan Jahon rekordini o‘rnatgan) Jahon rekordini yangilagan bo‘lsa, Toshpo‘latova Shohsanam 1:05.81 natija bilan (2010 yil Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida yaponiyalik Kasomoto Akari 01:22.00 vaqt bilan Osiyo rekordini o‘rnatgan) Osiyo rekordlarini yangiladilar.
Erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga batterflay uslubida Pankov Kiril 00:57.97 (2016 yil Yaponiyaning Fuji shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada yaponiyalik Tomita Uchu 01:04:73 vaqti bilan Osiyo rekordini o‘rnatgan) natijasi bilan Osiyo rekordlarini yangiladilar.