Sirdaryoda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan festivalda taniqli shoir va yozuvchilar, san'at namoyandalari, olimlar, yoshlar ishtirok etdi.
Festival doirasida “Bu – mening Vatanim!”, “Deputat va yoshlar”, “Zamonamiz qahramonlari”, “Odam savdosi – davr muammosi”, “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!”, “Biz – terrorizm va diniy ekstremizmga qarshimiz!”, “Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin!”, “Vatan taraqqiyotiga mening hissam”, “Faxriylar e'zoz va e'tiborimizda” kabi tadbirlar tashkil etildi.
Guliston davlat universiteti qoshidagi akademik litseyda “Bu – mening Vatanim!” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi. Shirin, Yangiyer shaharlari, Boyovut va Guliston tumanlarida o‘tkazilgan “Hokim va yoshlar”, “Vatanim – mening faxrim” loyihalarida yoshlar o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan ko‘plab takliflarini o‘rtaga tashladi.
Senatorlar va deputatlar ishtirokida “Deputat va yoshlar” tadbiri bilan birga “Biz – mustaqillik farzandlarimiz!”, “Odam savdosi – davr muammosi”, “Terrorizm va ekstremizm – yoshlar kelajagiga tahdid” kabi tadbirlar ham bo‘lib o‘tdi.
“Eng yaxshi yosh sport murabbiyi”, “Eng yaxshi “Kamolot” yetakchisi”, “Eng yaxshi namunaviy “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman (shahar) kengashi”, “Eng yaxshi ko‘makchi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.
Festival viloyat markazidagi “Alpomish” sport majmuasida taniqli san'atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokidagi gala-konsert bilan yakunlanTadbirda Sirdaryo viloyati hokimi O.Ashurmatov so‘zga chiqdi.