Rossiyaning "Ximki" jamoasi feyr-pley sifatida raqibdan gol o‘tkazib berdi

Sport 18:17 / 02.05.2016 5006

Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining quyi ligasi, G‘arb mintaqasida "Dolgoprudniy" jamoasiga qarshi kechgan bahsda feyr-pley namunasini namoyish qildi. 30 aprel kuni 24-tur doirasida o‘tkazilgan o‘yinda mezbon jamoa futbolchilari adolat uchun raqibning gol urishiga qarshilik ko‘rsatishmagan.

O‘yin 1:1 hisobida yakunlangan. O‘yinning katta qismida mehmon jamoa "Dolgoprudniy" 1:0 hisobida oldinda borgan, o‘yin yakunida hisob tenglashgan. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa "Ximki" futbolchisi ikkinchi golni urgan, lekin bu gol qoida buzilishi ortidan urilgani ma'lum bo‘lgan.

"...Bu vaziyatda qoida buzilgan joydan uzoqroqda edim. To‘p menga kelib tushdi va hakam hushtak chalmagani uchun men muxlislar hayqirig‘i ostida to‘p bilan raqib darvozasi tomon harakatlanib, darvozani ishg‘ol qildim", deydi gol muallifi Maksim Shirokov.

Lekin futbolchilari o‘sha vaziyatda qoida buzilishi orqali to‘p olib qo‘yilganiga iqror bo‘lishgan hamda adolat o‘rnatilishi uchun o‘z ixtiyorlari bilan raqibning javob golini urishiga sharoit yaratib berishgan. Shundan so‘ng, qo‘shimcha daqiqalar tugashi arafasida "Dolgoprudniy" futbolchisi Nikolay Dergachev qarshilikka uchramasdan hisobni tenglashtirgan - 2:2.

Ko‘proq yangiliklar: