Rashkchilar uchun vosita: GPSga ega nikoh uzuklari yaratildi

Jamiyat 07:38 / 02.05.2016 22096

Zargarning fikricha, "vafodorlik uzugi" deb nomlanuvchi bu uzuklar o‘zining jufti qayerda ekanligini bilishni istovchi rashkchi turmush o‘rtoqlar orasida ommabop bo‘ladi. Biroq uzukka kichik chipning o‘rnatilishining asosiy sababi uning yo‘qolishi yoki o‘g‘rilanishidan himoyalash hisoblanadi.  

Bennet treking tizimiga ega uzukni ikki variantda: "malika" uslubida ishlangan shaffof olmos va "markiz" uslubida ishlangan binafsharang olmos bilan yaratdi. Uzuklar qancha turishi hozircha ma'lum qilinmagan.

Zargarning kelgusi rejalarida ota-onalar o‘z farzandlari qayerdaligini bilishlari uchun mo‘ljallangan, GPSga ega bolalar taqinchoqlarini yaratish bor.

Ko‘proq yangiliklar: