AQSh prezidenti Barak Obama Oq uydan ketganidan keyin nima qilishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida so‘zlab berib, bu haqida rolik suratga oldi. Video Amerika prezidenti ma'muriyatining YouTube'dagi rasmiy kanalida qo‘yildi.
Rolikning boshida Obama vitse-prezident Jo Baydendan maslahat so‘raydi, shundan so‘ng MBA "Vashington Uizards" klubiga murabbiy sifatida ishga kirish uchun muvaffaqiyatsiz harakat qiladi. Undan mutaxassislik bo‘yicha tajribasi bor yoki yo‘qligi haqidagi so‘ralgan savolga "Men bir necha marta qizimning jamoasini tayyorlaganman" deb javob beradi.
Shu bilan birgalikda u guvohnoma olmoqchi bo‘ladi, ammo uning ikkinchi ismi - Husayn - amaldorda shubha uyg‘otadi, Havayida berilgan tug‘ilganlik guvohnomasi esa uning qarshisida tovlamachi turganligini tasdiqlaydi.
Obama o‘zini reklamada sinab ko‘rmoqchi bo‘ladi va turmush o‘rtog‘i Mishelning iPhone'ida "Obamacare " (prezident tomonidan o‘tkaziladigan tibbiy sug‘urta islohoti) so‘zini aytadi - ajoyib, u haqiqatdan ham faoliyat doirasida! Biroq telefonda o‘rnatilgan filtr Obamaning yuzini maxluq niqobiga aylantiradi.
Oxir-oqibat prezident Vakillar palatasi sobiq spikeri Jon Beynerdan maslahat so‘raydi, Beyner esa hamma narsaga yengilroq qarashni maslahat beradi. Nihoyat prezident ruhiy sokinlikka yetishadi va rolik yangiliklardan keltirilgan qisqa lavha bilan tugaydi: suxandon "Obama golfda 347-raundni o‘ynamoqda va hammaga bari bir" deya xabar bermoqda.
AQSh prezidentligiga navbatdagi saylovlar 2016 yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadi, Obama o‘z o‘rnini 2017 yilning yanvarida tark etadi.