Mo‘g‘ilistonda pullar tarqatilishi mushtlashuvga olib keldi

Jamiyat 22:57 / 02.05.2016 10094

Mo‘g‘iliston poytaxti Ulan-Batorda beg‘araz maqsadda pullar tarqatilishi katta olomon to‘planishiga va hattoki mushtlashuvga olib keldi, deb xabar bermoqda FashSiberia agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 1 mayda yuz bergan: Ulan-Batorda Mercedes avtomobilidagi noma'lum kishilar shahar markazi bo‘ylab harakatlanib, barcha istovchilarga 10-20 ming tugrik (milliy valyuta) qiymatidagi  pullarni tarqatishgan. Bu pullar taxminan 5 va 10 dollarni tashkil qiladi.

Odamlar mashina ortidan yugurgilab, olomon vujudga keltirganlar, bir necha kishi esa pullarni olish ilinjida mushtlashib ketgan. Ta'kidlanishicha, pullar haqiqiy bo‘lgan.

Bunday "sahiylikni" kim amalga oshirgani noma'lumligicha  qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: