MRB tvitterda Usama bin Lodinni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyalar haqidagi xabarlarni joyladi 

Jahon 09:48 / 02.05.2016 4281

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida terrorchi Usama bin Lodinni qo‘lga olish va uni yo‘q qilish bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar haqida batafsil yoritib beruvchi qator xabarlarni joyladi

«Usama bin Lodinni Abbottobodda yo‘q qilish operatsiyasiga besh yil to‘lgani munosabati bilan biz uning amalga oshirilishiga doir bir qator xabarlarni joylashtiramiz. Agar mazkur operatsiya ayni damda sodir etilganida qanday ko‘rinishda bo‘lar edi, biz shuni bilmoqchimiz», deb yoziladi birinchi xabarda.

Bayonotlar 8 soat davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilib borildi. So‘nggi xabarda terrorchining identifikatsiyasiga doir ma'lumotlarni AQSh prezidenti Barak Obamaga berish haqida so‘z boradi.

Ko‘proq yangiliklar: