Moskva shahrida istiqomat qilgan shaxs selfi olish paytida 20-qavatdan pastga qulab halok bo‘ldi. Bu haqda 2 may kuni mahalliy politsiyaga asoslanib, "Interfaks" xabar tarqatgan.
Voqea shahar shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan. Marhum oynaning tashqi qismiga chiqqan va selfi olmoqchi bo‘lgan. U yiqilib, o‘sha zahoti jon bergan.
Ushbu hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.