AQSh erkin savdo hududi yaratish bo‘yicha muzokaralarda Yevropa Ittifoqiga avval taxmin qilingandan ko‘ra ko‘proq siyosiy bosim o‘tkazayotgani ma'lum bo‘ldi. Bundan Süddeutsche Zeitung gazetasi hamda WDR va NDR telekanallariga Greenpeace tashkiloti bergan maxfiy muzokaralar haqidagi hujjatlar nusxalari darak bermoqda.
Hujjatlarga ko‘ra, AQSh Yevropa gen modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilmoqchi, biroq Yevropada bunday mahsulotlarni kiritish taqiqlangan.
Bundan tashqari, AQSh "agar YeI qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga narxlarni qayta ko‘rib chiqsagina avtomobil sanoatida rivojlanish imkoni bo‘lishiga aniq ishora qildi".
O‘z navbatida, YeIning savdo masalalari bo‘yicha yevrokomissari Sesiliya Malmstrem nemis OAVda ma'lum qilingan AQShning talablari faqatgina muzokaralardagi pozitsiya ekanligini aytdi. Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi hech qachon iste'molchilar huquqlarini muhofaza qilish sohasida murosalarga bormaydi.
AQSh va YeI o‘rtasida erkin savdo hududi yaratish loyihasi 2013 yildan beri muhokama qilinadi. YeIning aksariyat aholisi bu kelishuvga qarshi chiqmoqda. Aprelda bu tashabbusga qarshi Ispaniya, Germaniya va Buyuk Britaniyada o‘n minglab odamlar namoyishlar uyushtirgan.