Afg‘onistonlik tarjimon Buyuk Britaniyada boshpana olishda rad javobini olgach o‘zining joniga suiqasd qildi 

Jahon 22:16 / 02.05.2016 14648

Avval Afg‘onistonning Gilmend viloyatida toliblarga qarshi janglarda britan armiyasiga xizmat ko‘rsatgan afg‘onistonlik tarjimon muhojir Nangialay Dovudzoy o‘z joniga suiqasd qildi. Uning bunday qilishiga Buyuk Britaniya immigratsiya idoralarining unga boshpana berishni rad etgani sabab bo‘lgan. 2 mayda The Times gazetasi saytida ma'lum qilinganidek, afg‘onning jasadi Birmingem yaqinidagi Uest-Bromij shaharchasida aniqlangan. Voqeaning qolgan tafsilotlari keltirilmagan.

"Dovudzoyning siyosiy boshpana olish iltimosi u Yevropaga kelgandan keyin Italiyada barmoqlari izlari olingani ma'lum bo‘lgandan keyin rad etilgan. U aynan Italiyada boshpana olishni so‘rashi kerakligi aytilgan ", deyilmoqda nashr xabarida.

Ta'kidlanishicha, o‘zining davlatidan Buyuk Britaniyaga oson bo‘lmagan yo‘lni bosib o‘tgan Dovudzoyga Italiyada bo‘lgani sababli rad javobi berilgani haqida xabar kelganda u Birmingemdagi xostelda hukumatning uning iltimosiga beradigan javobini intiqlik bilan kutib o‘tirgan bo‘lgan. "U hibsga olingan va uning hujjatlari rasmiylashtirilish vaqtida  unga xostelga qaytishga ruxsat berishdan avval u muhojirlarni vaqtinchalik saqlash markaziga 18 kunga joylashtirilgan", deb yozmoqda nashr. 

Nashr manbalarining ta'kidlashicha, tarjimon tushkunlikka tushib qolgan, endi uning hayotiga jiddiy xavf tahdid qilayotgani, biroq bu hech kimni tashvishlantirmasligi haqida gapira boshlagan. "U Buyuk Britaniya unga yordam berishiga ishongan, chunki u avvalroq britaniyaliklarga yordam bergan. Endi u ilojsizlikdan o‘zining joniga qasd qildi", deb marhumning hamkasbi, yana bir afg‘on tarjimoni Rafining so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail nashri.

Bu nashr ma'lumotlariga ko‘ra, britan qo‘shinlari bilan ishlagan kamida yana boshqa 3 afg‘on tarjimoni shu sabablarga ko‘ra, ya'ni ular Buyuk Britaniyaga kelishlaridan avval Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlarida barmoqlar izlarini oldirganlari sababli rad javobini olganlar. "Bu odamlar bir necha yillar davomida frontda bo‘lganlar. Ularga nisbatan qilingan adolatsizlik hisobga olinsa, unda kim kelajakda britaniyalik askarlarga tarjimonlik xizmatlarini taklif qilgisi keladi?", degan savolni ko‘tardi taniqli britan siyosatchisi, Liberal demokratlar partiyasi asoschisi Peddi Eshdaun.

Ko‘proq yangiliklar: