Van Gaal: «Bu «MYu» men bilan 3 yillik shartnoma imzolashni o‘zi istagandi. Siz keyingi mavsumda ham meni shu jamoada ko‘rasiz»

Sport 15:06 / 01.05.2016 3867

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal keyingi mavsumda ham o‘z lavozimida ishni davom ettirishi haqida ma'lum qildi.

«Klubning o‘zi men bilan 3 yil muddatga shartnoma imzolagan. Buni men emas, rahbariyat istagandi. Men esa 2 yillik shartnoma tuzish taklifini bildirgandim. Shunday ekan, keyingi mavsumda ham meni shu jamoa boshqaruvida ko‘rasiz.

Biz hamisha jarayon 3 yil talab qilishini bilardik. Meni yangi jamoa qurish uchun taklif etishgan va shunday bo‘lmoqda.

Joriy mavsum davomida har hafta mening ishdan ketkazilishim haqida yozildi. Men esa hamon shu yerdaman. Aytishim kerakki, men qaysi jamoada ishlasam shunday holat kuzatilgan. Men «MYu»da mendan nimani so‘rashgan bo‘lsa, shu vazifani bajarmoqdaman.

Jamoani qabul qilib olganimdagi holati bilan hozirgi holatini solishtirishingiz mumkin, farqni sezish qiyin emas. Muxlislar ham buni e'tirof etishadi, faqat OAV boshqacha fikrda. Men o‘z tajribamdan kelib chiqqan holda aytishim kerakki, men o‘zimni himoya qilishim shart emas.

Men faqat faktlarga tayanaman. O‘tgan mavsumda biz to‘rtinchi o‘rinni egalladik. Hozir esa beshinchi o‘rinda ketayotgan bo‘lsakda, mavsum yakunida uchinchi o‘ringacha ko‘tarilishimiz ham mumkin. Qolaversa biz Angliya Kubogi finaliga chiqdik. Biz YeChLda ishtirok etdik, axir men kelganimda jamoaning bunday ko‘rsatkichlari yo‘q edi.

Bundan tashqari, biz Angliya Kubogi ligasida uzoqroqqa bordik. Bu shubhasiz, ijobiy holat. Shuningdek, ligada uy uchrashuvlarida eng yaxshi natijalarni qayd etgan jamoa bo‘ldik. Lekin safar o‘yinlarida natijalarimiz maqtagulik emas va bu borada ishlashimiz kerak», –deydi van Gaal.

Ko‘proq yangiliklar: