O‘ta og‘ir vaznda Butunjahon bokschilik uyushmasi (WBA) va Butunjahon bokschilik tashkiloti (WBO) talqini bo‘yicha jahon chempioni Tayson Fyuri ukrainalik Vladimir Klichko bilan revansh jang o‘tkazgandan keyin faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda britaniyalik bokschining o‘zi iFL TV efirida ma'lum qildi.
2015 yil noyabrda Germaniyada bo‘lib o‘tgan 12 raundlik jangda Fyuri Klichkoni ochkolar bo‘yicha yutgandi hamda IBF, WBO va WBA talqini bo‘yicha chempionlik unvonini qo‘lga kiritgandi. Keyinroq britaniyalik bokschi unvonini majburiy himoya qilishdan bosh tortgani uchun IBF unvonidan mahrum etilgandi.
"Men buning barchasidan charchadim. Menda boshqa boks bilan shug‘ullanish istagi qolmadi. Men keyingi jangimdan so‘ng boshqa jang qilmayman. Bir qarang, mening aka-ukalarim va otam qanday to‘la. Men keyingi jangimdan keyin xuddi ulardek bo‘laman", deb aytdi Fyuri.
Klichko va Fyuri o‘rtasidagi revansh jang 9 iyulda Manchesterda bo‘lib o‘tadi.