Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Navbatdagi anjuman “O‘zbekiston jamiyatini modernizatsiyalash sharoitida onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘ldi.
O‘zMU Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq ta'limi vazirligi, respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazi, O‘zbekiston SOS Bolalar shaharchasi Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruv Akademiyasi vakillari, O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqqotchilar va talabalar ishtirok etdilar.
– Prezidentimiz Islom Karimov taklifi bilan 2016 yil mamlakatimizda – “Sog‘lom ona va bola yili” deb e'lon qilindi,– dedi anjumanin kirish so‘zi bilan ochgan O‘zMU birinchi prorektori Fayzulla Agzamov– O‘tgan yillar davomida millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, aholining turmush farovonligini va uzoq umr ko‘rish darajasini oshirish maqsadida sog‘lom avlod tug‘ilishi va uning tarbiyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilib, izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda 1998 yil Oila yili, 2000 yil Sog‘lom avlod yili, 2001 yil Ona va bola yili, 2008 yil Yoshlar yili, 2012 yil Mustahkam oila yili, 2014 yil Sog‘lom bola yili, deb e'lon qilingani hamda shu munosabat bilan tegishli davlat dasturlarining bajarilgani bu boradagi ezgu ishlarga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” konsepsiyasi xalqaro miqyosda ham keng e'tirof etilmoqda. Ushbu konsepsiyaning izchil amalga oshirilayotgani tufayli O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‘liq erishdi. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida alohida qayd etilganidek: «Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi». Bu hayotbaxsh g‘oya ilmiy jamoatchiligimiz uchun sermazmun mavzuga aylangan. Bugungi “O‘zbekiston jamiyatini modernizatsiyalash sharoitida onalar va bolalarni ijtimoiy himoyalash” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida mana shu g‘oyaga asoslangan ma'ruzalar, takliflar, fikrlar asosida tegishli xulosalar chiqariladi. Bu boradagi ishlar va yangi tashabbuslarni amalga oshirishni izchil davom ettirish, shubhasiz, mamlakatimizda shakllangan onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Alisher Mo‘minov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aliya Yunusova, respublika bolalar ijtimoiy moslashuv Markazi direktorii Vasila Alimova va boshqalar davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda mustaqillik yillarida onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat ijtimoiy siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganini va bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasini alohida ta'kidladilar.
Aytish joizki, 2016 yil 9 fevralda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan tasdiqlangan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar manfaatlarini ta'minlash, kuchli, barqaror va farovon davlat negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunchilik va me'yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilgan.
O‘zbekistondagi keng ko‘lamli demokratik islohotlar jarayonida ayollar huquqi va manfaatlarini ta'minlash, onalik va bolalikni tibbiy-ijtimoiy muhofazasi masalalariga doimiy ravishda e'tibor qaratib kelinmoqda. Shu tariqa ayollar sog‘ligini muhofaza qilish choralari, tibbiy xizmat qamrovini kengaytirish, oilada sog‘lom farzandni dunyoga keltirish va tarbiyalashni ta'minlash bo‘yicha tizimli ravishda qadama-qadam choralar amalga oshirilmoqda. Ushbu sohada belgilangan dasturlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi tufayli onalar hamda bolalarning o‘limi va kasallanishi soni sezilarli darajada kamaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Muruvvat uylari, boshqa davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan nogiron bolalarga kunduzi qarash markazlari (guruhlari)ni tashkil etish ko‘zda tutilgan qarorini qabul qilish rejalashtirilmoqda.
Ma'ruzalarda qayd etilganidek, O‘zbekistonda onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilishni samarali ta'minlashga qaratilgan e'tiborni yaqqol namoyish etadi. Bir vaqtni o‘zida mamlakatning chuqur ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiya doirasida onalik va bolalik ijtimoiy institutlarini islohoti sohasidagi amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarining muhim yo‘nalishini nazariy anglash zaruratini keltirib chiqaradi, sohaning amaldagi davlat siyosati mexanizmlarini ilmiy jihatdan ko‘rib chiqish va shu asosda uning keyingi rivojlanish konsepsiyasi bo‘yicha o‘z takliflarini kiritish kerak.
Bu borada Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining “Sotsiologiya va ijtimoiy ish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, “O‘zbekiston jamiyatini modernizatsiyalash sharoitida oila va bolalarni muhofaza qilish tizimidagi ijtimoiy hamkorlik" loyihasi doirasida oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish sohasida ijtimoiy hamkorlikning asosiy jihatlari o‘rganilmoqda. Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
Anjuman ishtirokchilari “Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish tizimidagi ijtimoiy hamkorlikning dolzarb masalalari”, “Ota-onalar qaromig‘isiz qolgan bolalar haqida instituttsional g‘amxo‘rlik tizimini modernizatsiyalashda ijtimoiy hamkorlik”, “Alohida ehtiyojmand bolalarni ijtimoiy himoya qilish va jamiyatga integratsiyalash”, “Onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish – ijtimoiy ish yo‘nalishi sifatida” deb nomlangan sho‘'balarda “Ona va bolalarni ijtimoiy ximoyalash borasida qonun ijodkorligi”, “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi – majmuaviy amaliy ko‘rsatish maskani”, “Bola huquqlarini ta'minlashda davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari ijtimoiy sheriklikning o‘rni”, “Detskiye Derevni Uzbekistana v obespechenii alternativnoy semeynoy opeke detyam, ostavshimsya bez popecheniya roditeley i profilaktike sotsialnogo sirotstva”, “Kachestvo podgotovki po sotsialnoy rabote kak faktor professionalizatsii”, “Ijtimoiy xizmat tushunchasining ilmiy talqini va tasnifi” mavzuidagi ma'ruzalarni katta qiziqish bilan tingladilar.
Konferentsiya ishida bu borada tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.