2016 yilning 25—29 aprel kunlari Guliston shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasi demarkatsiyasiga oid yakuniy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha ikki tomonlama reja asosida tashkil etildi.
Muzokaralar an'anaviy konstruktiv va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.