Tojikistonda familiyalarning ruscha qo‘shimcha bilan tugashiga barham berilishi qarori rad etildi

Jahon 16:47 / 30.04.2016 5302

Tojikiston Adliya Vazirligi, fuqarolik holatini ro‘yxatga olish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jaloliddin Rahimov OAVning  familiya va otalik ismining ruscha yakunlanishining rasman tugatilishi haqidagi tarqatgan xabarini inkor etdi, deb yozadi “Interfaks”.    

Shaxsan Jaloliddin Rahimovning ma'lum qilishicha, “Har bir oilada tug‘ilgan bolaning familiyasi otasi yoki onasining familiyasi bilan, otalik ismi esa otasining ismi bilan qayd etilish mumkin. 

Shunday ekan, agar bolaning ota onasi familiyasi oxiri «ov», «yev» kabi qo‘shimchalar bilan tugagan bo‘lsa, ular bolasiga ham shunday nom qo‘yish huquqiga ega, deya ta'kidlaydi Rahimov.

Ko‘proq yangiliklar: