Toshkent viloyatida yangi gaz quvuri quriladi

O‘zbekiston 16:06 / 30.04.2016 3135

"O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi kelasi yilning o‘rtalarida "Yangiyer-Ohangaron-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha yangi gaz quvuri qurilishini boshlaydi. Bu haqida Sputnik muxbiri ma'lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda mutaxassislar loyihaning texnik-iqtisodiy tomonlarini oldindan ishlab chiqishga kirishishdi, 2016 yilning oxiriga borib ularni yakunlash rejalashtirilgan. 

"Loyihaning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 260 million dollardan ortadi, gaz quvuri barpo etishning moliyalashtirish ishlarini Milliy xolding kompaniyasi o‘z zimmasiga oladi. Ish jarayonida 30- va 195-kilometrlar o‘rtasida mutlaqo yangi 165 kilometrli gaz quvuri quriladi. Bu shtatdan tashqari vaziyatlar yuzaga keladigan eng muammoli segmentdir", ta'kidladi u. 

So‘nggi yillarda tez-tez sodir bo‘lgan avariyalar tufayli yangi gaz quvuri qurish haqidagi qarorga kelindi. O‘tgan yilning o‘zida bu hududda ikkita yirik favqulodda holat yuzaga yeldi. 

"Poytaxt va Toshkent viloyati aholisini ishontirib aytamanki, gaz quvuri albatta quriladi, bu vaqt talabi. Shunchaki hozir kompaniyada milliard dollarlab mablag‘lar sarflanayotgan o‘nlab yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, hamma narsani bir vaqtning o‘zida barobar olib borib bo‘lmaydi. Dunyo inqirozi va uglevodorodlarning narxlari keskin o‘zgarib turishiga qaramay, biz loyihalarimizni bekor qilish niyatidan yiroqmiz, moliyalashtirish bo‘yicha barcha rejalar o‘z muddatida bajariladi", deya ta'kidladi xolding vakili.

Ko‘proq yangiliklar: