Yakshanba, 1 may kuni Toshkent shahrida ana'naviy “Favvoralar sayli” bo‘lib o‘tadi. Favvoralar mavsumini ochib beruvchi madaniy tadbirlar poytaxtning 14 ta yirik suv maskanida o‘tkaziladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Toshkent oqshomi” gazetasining ma'lum qilishicha, tomosha va ko‘rgazmala O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, “Istiqlol” san'at saroyi, Mirzo Ulug‘bek nomli xiyobon, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri va Sayilgoh hamda Xadra maydonlaridagi favvoralar yonida o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun: “Favvoralar sayli” Toshkentda 2014 yildan beri o‘tkazib kelinadi. O‘tgan yili bu kun Samarqandda ham bo‘lib o‘tgan edi.